Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Axlatga otilgan bitkoinlar: omadsiz britaniyalik hukumatdan katta pul talab qilmoqda

Axlatga otilgan bitkoinlar: omadsiz britaniyalik hukumatdan katta pul talab qilmoqda

Britaniyalik Jeyms Xouells mahalliy hokimiyatdan 495 million funt sterling talab qildi. Uning aytishicha, hukumat unga chiqindixonadan bitkoinlar mavjud bo‘lgan qattiq diskini topishga ruxsat bermayapti. 

39 yoshli Jeyms Xouells 10 yil oldin tasodifan qariyb 8 000 bitkoin bo‘lgan qattiq diskni tashlab yuborgan, bu hozirgi kurs bo‘yicha taxminan 527 million dollarni tashkil etadi. Britaniyalik qurilmani bir necha yil qidirdi.

Hokimiyatdan chiqindixonani tekshirish bo‘yicha rad javobini olgandan so‘ng, Xouells 647 million dollar miqdorida tovon undirish uchun shahar kengashini sudga berdi. Rasmiylarning aytishicha, qazish ishlari atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va ular «qat’iy qarshi».

Shunga qaramay, Jeyms o‘z muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratishda davom etmoqda va oxirigacha kurashishga qaror qildi.

Qattiq disk 2013-yilda chiqindixonaga tushib qolgan. Kriptovalyuta investori Jeyms Xouells stol tortmasida ikkita qattiq diskni saqlagan. Birida 7500 bitkoin bor edi, ikkinchisi esa tashlab yuborilishi kerak edi. Taqdir hazili bilan bitkoinlar mavjud disk chiqindixonadan joy olgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring