Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avvalgi prezidentlar xatosini qaytarmayman» — Jo Bayden Afg‘oniston haqida

«Avvalgi prezidentlar xatosini qaytarmayman» — Jo Bayden Afg‘oniston haqida

AQSh prezidenti Jo Bayden Kobul qulagandan beri ilk bor jamoatchilikka ko‘rinib, Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Uning aytishicha, Amerika Afg‘onistondan chiqish qarorini o‘zgartirmaydi. «Avvalgi prezidentlar yo‘l qo‘ygan xatoni takrorlamayman, ya’ni urushni davom ettirmayman», degan Bayden.

«Ayb Afg‘oniston rahbariyatida. Biz ularni hamma narsa bilan ta’minladik: qurol berdik, pul berdik, oyliklarini to‘ladik. Lekin ularni xohish va iroda bilan ta’minlay olmadik. Chunki o‘zlari xohlamasa, buni bera olmaymiz. Fuqarolarimiz va ittifoqchilarimizni evakuatsiya qilishimiz bilan Afg‘onistonda harbiy missiyamiz tugaganini e’lon qilaman», degan AQSh prezidenti.

Bayden o‘z nutqida «Tolibon»ni umuman tilga olmadi. Tolibonga yoki Afg‘onistonga nisbatan bundan buyon AQSh siyosati qanday bo‘lishi haqida ham lom-mim demadi.

Afg‘onistonda ro‘y bergan eng qiziq voqealar xronikasini bu yerda o‘qib chiqishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring