Atambayevning qamoq muddati uzaytirildi
Qirg‘iziston sudi sobiq prezident Almazbek Atambayevning qamoq muddatini 26-oktyabrgacha uzaytirdi. Avvalroq, sud qarori bilan u 26-avgustgacha qamoqda o‘tirishi lozim edi.
Atambayevning advokati qaror yuzasidan shikoyat berilishini aytgan.
Qamoq muddatini uzaytirish haqidagi qaror qabul qilingan yig‘ilishga OAV vakillari va sobiq prezidentning qarindoshlari qatnashmagan.
Atambayev 8-avgust kuni maxsus kuchlarga taslim bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter