Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ashraf G‘ani «o‘g‘irlangan pullar»ga izoh berdi

Ashraf G‘ani «o‘g‘irlangan pullar»ga izoh berdi

Ashraf G‘ani

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani uning Kobuldan katta miqdordagi pullar bilan qochib ketganli haqidagi mish-mishlar asossiz ekanligini ma’lum qildi. 

«Men Kobuldan pul o‘g‘irlab ketganim haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — dedi  Ashraf G‘ani  «Facebook»dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida.

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zoxir Akbar chorshanba kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ashraf G‘ani g‘aznadan 169 million dollarni o‘g‘irlab ketgan, deb bayonot bergan  edi.

U G‘anining qochishini «davlatga va millatga hiyonat», deya atagandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ashraf G‘ani hozirda qaysi davlatda ekani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring