Asad: «Trampning men haqimda nima deyishi ahamiyatsiz»
«Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh prezidenti Donald Trampning u haqda aytgan gaplari hech qanday ahamiyat kasb etmasligini aytib o‘tdi. Bu haqda u RTga bergan intervyusida ma’lum qilgan», — deya yozmoqda «Argumenti i fakti» gazetasi.
Gap shundaki, shu yilning aprel oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaning Duma shahridagi kimyoviy hujum haqida gapira turib Asadni hayvonga tenglashtirgan edi. Shuningdek u Rossiya va Eronni Asadni qo‘llab-quvvatlashda ham ayblagan.
Asad sog‘lom fikrli odamlar fikrini eshitish kerakligini, ammo Trampga o‘xshagan odamlarning gapi unning uchun hech qanday ahamiyatga ega emasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida G‘arb davlatlari Suriyaning Duma shahrida sodir etilgan kimyoviy hujumda Suriya hukumatini aybladi. Damashq esa bunday ayblovlarni keskin rad etib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter