Rim asoschisining qabri topildi — arxeologlar
Italiya poytaxti markazida joylashgan Rim Forumida arxeologlar qadimiy qabrni aniqlashdi. Bu haqda «Artnet» xabar berdi.
Mutaxassislar qabr qadimiy Rim shahri asoschisi — Romulga tegishli degan taxminni ilgari surishmoqda. Qabr miloddan avvalgi VI-asrga taalluqliligi aytilmoqda. U Komitsiy (Rim Forumida xalq yig‘inlari o‘tkazilgan joy)dan saqlanib qolgan yagona yodgorlik — qora tosh (Lapis Niger) yaqinida topilgan.
«Bu chindan ham ajoyib topilma. Rim Forumi yangi topilmalari bilan bizni hayratda qoldirishda davom etmoqda», — dedi Kolizey arxeologiya bog‘i direktori Alfonsina Russo.
Sarkofag (qabr)da yozuv ham bor, unga ko‘ra, bunda «muqaddas shoh, eng keksa va asosiy shoh — Romul abadiy qo‘nim topgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter