Armanistonda Pashinyan faoliyatidan norozilik keskin kuchaydi
Armaniston fuqarolarining 50 foizdan ortig‘i hukmron bosh vazir Nikol Pashinyanga ishonmaydi. Bu haqda Gallup International Association MPG vakolatxonasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlari dalolat bermoqda, deya xabar beradi Armenia Today.
So‘rov 1-noyabrdan 4-noyabrgacha telefon orqali o‘tkazildi va 1,1 ming kishi ishtirok etdi.
Uning natijalarini MPGning Armanistondagi rahbari Aram Navasardyan taqdim etdi.
Qayd etilishicha, respondentlarning 20,4 foizi Pashinyanga to‘liq ishonch bildirgan, 13,2 foizi esa boshqa siyosatchilardan ko‘ra unga ishonishni afzal ko‘rgan. Shunday qilib, respondentlarning 50 foizdan ortig‘i siyosatchiga deyarli yoki umuman ishonmaydi. Umuman olganda, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 67 foizi ijobiy javob qaytarmagan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 19-oktyabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da aksilterror operatsiyasi e’lon qildi va hududni o‘z tasarrufiga oldi. Natijada Armanistonda noroziliklar kuchaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter