Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston Rossiya OAVlarini informatsion urush olib borishda aybladi

Armaniston Rossiya OAVlarini informatsion urush olib borishda aybladi

Armaniston bosh vaziri apparati rahbari Araik Arutyunyan Rossiya matbuotini Armanistonga qarshi informatsion urush olib borayotganlikda aybladi.

«Aftidan, Rossiya ommaviy axborot vositalarida Armanistonga qarshi boshlangan gibrid urushda ular mashhur ertakdagi kabi, kim ko‘proq yolg‘on gapirsa, saroy (Kreml)ning yarmini oladi, deb va’da qilganga o‘xshaydi», – deb yozdi u Facebook’da

Rossiyaning NTV kanali harbiy mashg‘ulot uchun kelgan amerikalik desantchilar Yerevanda namoyish uyushtirib, hukumat binosiga bostirib kirgani haqida ko‘rsatuv tayyorlagan. Araik Arutyunyan ta’kidlashicha, bu mutlaqo yolg‘on ma’lumot.

«Bu mutlaqo yolg‘on ma’lumot. O‘sha kuni hech bir namoyishchi hukumat binosiga bostirib kirgani yo‘q, bundan tashqari u yerda amerikalik desantchilar ham bo‘lmagan», – deyiladi Arutyunyan postida.

Ma’lumot uchun, 19-20 sentyabr kunlari Ozarbayjonning Qorabog‘da o‘tkazgan «aksilterror» operatsiyasi dan so‘ng Yerevanda norozilik namoyishlari boshlandi. Natijada Boku tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasining butun hududini o‘z nazoratiga oldi.

Kecha, 23 sentyabr kuni tunda ham Armaniston poytaxtida Tog‘li Qorabog‘ aholisini qo‘llab-quvvatlovchi miting bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Tog‘li Qorabog‘ aholisi uchun gumanitar yo‘lak yaratish va Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring