Armaniston prezidentining rafiqasida ham xavfli virus topildi
Koronavirus nafaqat Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanda, balki uning rafiqasi Nune Sarkisyanda ham aniqlandi, deya xabar berdi prezident ma’muriyati.
Seshanba kuni Armaniston prezidenti ma’muriyati Sarkisyanga koronavirus tashxisi qo‘yilgani, u izolyasiyaga olingani haqida xabar bergandik.
«Koronavirusning yangi turini yuqtirib olgan Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan hamda uning rafiqasi Nune Sarkisyan Armanistondan kelayotgan tilaklarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar», — deb yozilgan ma’muriyatning Facebookdagi sahifasiga joylangan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter