Armaniston prezidenti muxolifat lideri bilan uchrashdi
21-aprel kuni Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan muxolifat lideri Nikolay Pashinyan bilan uchrashdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda. Uchrashuvdan keyin u muxolifat vakillari bilan muzokaralarga umid qilishini ma’lum qilgan.
Prezident hamda muxolifat lideri o‘rtasidagi uchrashuv qayta boshlangan namoyishlar vaqtida Yerevandagi Respublika maydonida bo‘lib o‘tgan. Prezident kechroq jurnalistlar bilan uchrashishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16-aprelida mamlakat sobiq prezidenti Serj Sargsyanning bosh vazir lavozimiga tayinlanishiga qarshi Armaniston bo‘ylab keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlanib ketgan edi. 17- aprelda esa mamlakat parlamenti Sargsyanni mamlakat bosh vaziri etib sayladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter