Armaniston bosh vaziri iste’foga chiqish shartini ma’lum qildi
Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan «Luys» fondi bitiruvchilarining ochiq xatiga javoban mamlakatdagi muhim masalalar, xususan, Qorabog‘ bilan bog‘liq muammolarni hal etgach, iste’foga chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qilmoqda.
«Muammoli geosiyosatga ega mazkur hududda yangi xatarlar davrida biz mamlakatning xavfsiz rivojlanishini ta’minlashimiz va Qorabog‘ masalasini hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirishimiz zarur», — deyiladi bosh vazirning bayonotida.
«Men ushbu muammolarning yechimi mavjud deb o‘ylayman. Shundan so‘ng boshqaruvni boshqa kishilar qo‘lga olishi mumkin. Bu buyuk ishda biz «Luys» uyushmasining potensialiga ham tayanamiz», — deya ta’kidlagan Sargsyan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter