Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentinada fanga noma’lum dinozavr qoldiqlari topildi

Argentinada fanga noma’lum dinozavr qoldiqlari topildi

Foto: Wrex / Artstation

Argentinada paleontologlar 100 million yillar avval yashagani taxmin qilinayotgan dinozavr qoldiqlarini topishdi.

«Scientific Reports» yozishicha, ilgari fanga noma’lum bo‘lgan ushbu dinozavr «Jakapil kaniukura» (tarjimasi «qalqonli» ma’nosini beradi) deya nomlandi.

Bu dinozavrlar uy mushugi kattaligida, 4-7 kilogramm vaznli bo‘lgan. Butun tanasi bo‘ylab (bo‘yni, orqasi, dumi) suyakli plastinalar bilan qoplangani uchun ajdahoni eslatadi.

Taxminlarga ko‘ra, bu turdagi dinozavrlar cho‘lli hududlardagi o‘simliklar bilan oziqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring