Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentinada 140 million yoshli dinozavr skeleti ko‘rgazmaga qo‘yildi

Argentinada 140 million yoshli dinozavr skeleti ko‘rgazmaga qo‘yildi

Foto: EFE

Buenos-Ayres (Argentina)dagi ko‘rgazmalar markazida yangi turdagi dinozavr — Bajadasaurus Pronuspinax zauropodlari skeletining bir qismi namoyishga qo‘yildi. Zauropod qoldiqlari 2013 yili Patagoniyada topilgandi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Zauropodlar yura va bo‘r davri oralig‘ida yashagan, to‘rt oyoqda yuruvchi o‘txo‘r dinozavrlar bo‘lgan. Xos jihati bo‘yni va ust qismida g‘ayriodatiy uzun nayzalari mavjudligi.

Pablo Gallina

«140 million yil ilgari yashagan bu dinozavrning biz uchun nimasi qiziq? Balki uning vositasida dinozavrlar evolyusiyasining avval o‘zimizga ma’lum bo‘lmagan jihatlarini kashf etarmiz. Bu yoshdagi qatlam, 140 million yillik jinslar favqulodda kam uchraydi, ajabmas, u bizga o‘sha dunyoga mo‘ralash uchun bir tuynuk vazifasini o‘tasa», — dedi Argentina fan-texnika tadqiqotlari milliy kengashi (CONICET) xodimi Pablo Gallina.

Zauropodga qaytamiz: juda uzun nayzalari aftidan uni boshqa yirtqichlardan himoyalash uchun kerak bo‘lgan — har holda bu mutaxassislarning xulosasi. Qizig‘i, bu nayzalar xuddi hozirgi sut emizuvchi hayvonlarning shoxlaridagi kabi keratin bilan qoplangan ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring