Argentina transport vaziri yo‘lda halok bo‘ldi
Argentina transport vaziri Mario Meoni avtohalokat qurboniga aylandi. Bu haqda mahalliy «Todo Noticias» telekanali xabar berdi.
Baxtsiz hodisa Buenos-Ayres provinsiyasining Karmen-de-Areko va San-Andres-de-Xiles shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. Vazir Meoni boshqarib ketayotgan «Ford Mondeo» mashinasi yo‘lning 112-kilometrida ag‘darilib ketgan.
Telekanal manbasiga ko‘ra, vazir mashinani yuqori tezlikda haydab ketayotgan bo‘lgan. Biroq hodisaning asl sababi hozircha keltirilmagan.
Manbalarga ko‘ra, Meoniga haydovchi yollashi kerakligini ko‘p tavsiya qilishgan, biroq mashina haydashga ishqibozligi boisidan u takliflarni rad etib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter