Argentina sobiq prezidenti Fernando de la Rua vafot etdi

Argentinaning sobiq prezidenti Fernando de la Rua vafot etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Fernando de la Rua 1999—2001-yillarda Argentina prezidenti bo‘lgan. De la Rua 1999-yilda prezidentlikka kirishgan, ammo 2001-yilning dekabrida iqtisodiy inqiroz sabab kuchayib ketgan ommaviy tartibsizliklar sabab iste’foga chiqqandi.
81 yoshli sobiq prezident Buenos-Ayresdagi klinikaga og‘ir ahvolda keltirilgan va vrachlar unga yurak va buyrak yetishmovchiligi tashxisini qo‘yishgandi.
De la Rua shu yil boshida ham shifoxonaga tushib, bir oy davolangandi. Sobiq prezident 2018-yili ikki marta infarktni boshdan o‘tkazgan.
Argentinada uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter