Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina prezidenti: COVID-19 vaksinasi barcha fuqarolarga bepul

Argentina prezidenti: COVID-19 vaksinasi barcha fuqarolarga bepul

Foto: «Kubnews.ru»

Argentinada Rossiyaning «Sputnik V» preparati bilan koronavirusga qarshi vaksinatsiya bepul bo‘ladi. Prezident uni iloji boricha tezroq olish vazifasini qo‘ydi, deya ma’lum qildi davlat rahbarining yordamchisi Sesiliya Nikkolini: u kelishuv uchun Moskvaga borgandi.

«Prezident vaksinani eng qisqa vaqt ichida olish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga ahd qildi», — deya ta’kidladi Sesiliya «El Destape» radiosiga bergan intervyusida.

«Vaksina bepul bo‘ladi. «Sputnik V» 19,9 dollar turadi, biroq hamma uchun bepul bo‘ladi. Mamlakatning barcha aholisi bepul vaksinadan foydalanish imkoniyatiga ega», — deya qo‘shib qo‘ygan prezident yordamchisi.

Uning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi vaksinatsiya Argentina tarixida eng keng qamrovli kampaniyaga aylanadi. Mamlakat vaksinani olish bo‘yicha nafaqat Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqda, balki AstraZeneca va Pfizer kompaniyalari bilan ham hamkorlik qilmoqda.

Avvalroq Argentina prezidenti Alberto Fernandes dekabr-yanvar oylarida Rossiya Argentinaga 25 million doza koronavirus vaksinasini yetkazib berishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring