AQShning xorijga qurol-yarog‘ eksporti kamaydi
AQSh Davlat departamenti ma’lum qilishicha, 30-sentyabrda yakunlangan so‘nggi moliya hisobotiga ko‘ra, mamlakatning xorijga harbiy texnika va qurol-yarog‘ eksporti 21 foizga kamayib, 138 milliard dollarni tashkil qildi.
Bu haqda Interfaks ma’lum qilmoqda.
O‘tgan yilda AQSh qurol eksporti 175 milliard dollarni tashkil qilgan.
Kuzatuvchilarning qayd etishicha, pasayish qisman AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Saudiya Arabistoniga yamanlik hutiylarga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hujum qurollarini yetkazib berishdan bosh tortgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Avvalroq AQShning «USS Portland» harbiy kemasi Adan ko‘rfazida lazer to‘pi prototipini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida ma’lum qilgan edik.
Qo‘shma Shtatlar 5-floti bergan xabarga ko‘ra, lazer nuri kema yaqinida suzib yurgan shartli nishonni kuydirib yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter