Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter vafot etdi

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter vafot etdi

AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter 101 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Washington Post nashri.

Sobiq prezidentning o‘g‘li Jeyms Karter otasining o‘limini tasdiqladi, biroq sababini aytmadi. Ma’lumki, so‘nggi yillarda Karter teri saratonining agressiv shakli bilan kurashyotgan edi.

Jimmi Karter AQShning sobiq prezidenti bo‘lib, mamlakatni 1977—1981 yillarda boshqargan. U tinchlikparvar prezident sifatida nom qozondi, chunki uning davrida Isroil va Misr o‘rtasida Kemp Devid kelishuvlari imzolangan.

Karter 100 yoshga to‘lgan AQShning yagona prezidenti bo‘ldi. U saraton kasalligi bilan kurashganligi sababli 2023 yil fevral oyidan beri hospisda davolanayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring