AQShning Shimoliy Koreya hukumatini o‘zgartirish maqsadi yo‘q
AQSh tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeo «Fox News» telekanaliga intervyu bera turib: «AQSh Shimoliy Koreya bilan uzoq muddatli kelishuvga muhtoj, hukumatni o‘zgartirishga emas», — degan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen In bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish tarafdori.
«Umid qilamizki, Shimoliy Koreya yetakchisi strategik o‘zgarishlar qiladi. Prezident Tramp bu borada yordamga tayyor», — degan Pompeo.
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi shu yil 12-iyun kuni Singapurda o‘tkaziladigan sammitda yadroviy qurolsizlanishni ham muhokama qilishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter