Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShdagi o‘zbek do‘konida pichoqbozlik bo‘ldi, qurbon bor (foto)

AQShdagi o‘zbek do‘konida pichoqbozlik bo‘ldi, qurbon bor (foto)

16 may kuni Nyu-Yorkning Bruklin tumanida joylashgan «Navro‘z» oziq-ovqatlar do‘konida ikki erkak orasidagi janjal oqibatida bir kishi pichoqlangan. Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, urilgan pichoq jabrlanuvchining ko‘kragiga tekkan.

U zudlik bilan Maymonidis kasalxonasiga olib ketilgan va ko‘p o‘tmay olamdan o‘tgan. Mojaro soat 14:00 atrofida ro‘y bergan.

Maskan bilan tanish o‘zbekistonliklarning aytishicha, voqeadagi shaxslar supermarket ishchilari bo‘lgan. Biri ikkinchisini pichoqlagan, deydi jamoa vakillari. Jabrlanuvchi supermarketning go‘sht sotadigan qismida ishlagan.

Politsiyaning tasdiqlashicha, hujum qilganlikda gumonlangan 30 yoshli shaxs voqea joyida qo‘lga olingan. Hozirda tergov ishlari ketmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, janjallashgan shaxslarning biri o‘zbekistonlik, ikkinchisi tojikistonlik o‘zbek.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring