AQShdagi harbiy paradda noxush voqea yuz berdi
AQShning Viskonsin shtatining Uokesha shahri markazidagi Rojdestvo paradida mashina odamlarni urib yuborishi natijasida bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Stiven Xovard matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaga yotqizilgan kishilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi, ularning yarmi bolalardir.
«Uokesha shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va uning hamkorlari jami 11 nafar kattalar va 12 nafar bolani oltita mintaqaviy kasalxonaga yetkazdi», — deya o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Stiven Xovard.
U ommaviy axborot vositalarining hodisa natijasida «bir necha qurbonlar bo‘lgani» haqidagi xabarlarini tasdiqlagan, biroq aniqroq ma’lumot berishdan bosh tortgan.
Uokesha politsiyasi boshlig‘ining aytishicha, to‘qnashuvda gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Xabar qilinishicha, yakshanbaga o‘tar kechasi AQShning Viskonsin shtatidagi Uokesha shahridagi Rojdestvo paradida avtomashina katta tezlikda to‘siqlarni bosib o‘tgan va odamlarning ustiga chiqib ketgan. To‘qnashuvdan so‘ng bir necha o‘q ovozlari eshitilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter