«TikTok» mojarosi: AQSh taqiqni kechiktirmoqda
AQSh savdo vazirligi 12-noyabrda kuchga kirishi kerak bo‘lgan «TikTok» ilovasini taqiqini amalga oshirmaydi. Bu haqda departament bayonotiga asoslanib «Wall Street Journal» xabar bermoqda.
Departamentning xatti-harakatlari AQSh ilova do‘konlariga «TikTok»ni yuklab olishni taqiqlovchi qonunni amalga oshirishni kechiktirmoqda, deyiladi xabarda.
Savdo departamentining ta’kidlashicha, taqiq to‘g‘risidagi buyruq «keyingi huquqiy o‘zgarishlar kutilguncha» kuchga kirmaydi.
Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati «TikTok»ni amerikaliklar ma’lumotlarini XXR rasmiylariga yetkazishda ayblamoqda. Shu munosabat bilan Tramp avgust oyida ««TikTok» tahdidiga qarshi kurashish to‘g‘risida» va ««WeChat» tahdidiga qarshi kurash to‘g‘risida» farmonlarni imzoladi. Bu «ByteDance» dasturlari egasi bilan Amerika yurisdiksiyasidagi har qanday operatsiyalarni bekor qilishga bir oy vaqt bergandi. Oqibatda «TikTok» kompaniyasi Tramp ma’muriyati ustidan sudga murojaat qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter