Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda sinagogaga hujum qilinishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

AQShda sinagogaga hujum qilinishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

AQShning Pensilvaniya shtati Pitsburg shahridagi sinagogaga qurolli hujum uyushtirilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah.com.tr» sayti xabar bermoqda. Hujum tufayli yaralangan olti kishidan 4 nafari politsiya xodimlaridir.

Qurolli hujum haqidagi xabar binoda yashirinishga muvaffaq bo‘lgan odamlardan kelib tushgan.

Hujumchi AQShlik 46 yoshli Robert Bours ekani aniqlangan. U otishma chog‘ida yaralangach, qo‘lga olingan.

«RIA Novosti»ning yozishicha, «BNL News» jurnalistlari jinoyatchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini kuzatib, uning Gitler tarafdori ekani, Trampning yaxudiylar nazorati ostida, deb hisoblashini aniqlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring