Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda politsiyachi homilador ayolni otib tashladi

AQShda politsiyachi homilador ayolni otib tashladi

Ogayo politsiyasi xodimi do‘kondan spirtli ichimliklar o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan qora tanli homilador ayolni otib o‘ldirdi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Voqea 24 avgust kuni Vestvill shahrida sodir bo‘lgan. Politsiyachilar 21 yoshli Takiya Yangni savdo markazidan chiqib ketayotganda qo‘lga olishga harakat qilishgan, biroq u bo‘ysunmay, mashina ruliga o‘tirgan. Politsiyachi mashina kapoti oldida turib xizmat qurolini chiqaradi, shundan so‘ng ayol «Meni otib tashlaysanmi?» dedi va mashinani o‘t oldiradi.

Ofitser o‘q uzadi.

Yang kasalxonada vafot etdi. Politsiya xodimi va sherigi tergov davomida xizmatdan chetlashtirildi.

Marhumning ikki farzandi qolgan. Tug‘ilmagan chaqaloqni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Shtat politsiyasi zobitning bodi kamerasidan olingan videoni e’lon qildi.  Video hodisadan 1  hafta o‘tib,1 sentyabr kuni taqdim etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring