Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Milliy razvedka boshlig‘i «katta tahdid» haqida gapirdi. Bu Rossiya emas

AQSh Milliy razvedka boshlig‘i «katta tahdid» haqida gapirdi. Bu Rossiya emas

Foto:«RTVi»

AQShda Xitoy va Rossiyaning mamlakatga tahdidi qay darajada ekani taqqoslandi. Qo‘shma Shtatlar Milliy razvedkasi direktori Jon Ratkliff Fox News telekanali efirida bu haqda gapirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyot egasidir, Rossiya esa «u bilan raqobatlasha olmaydi» va hatto birinchi o‘ntalikka ham kirmaydi. Ratkliff rasmiy Moskvaning Vashington uchun xavfi kamaymaganini ta’kidladi, ammo u Pekinni ancha kuchli raqib deb biladi.

Ratkliff so‘nggi 75 yil ichida Amerika hukmronligiga eng katta tahdid Xitoy ekanligini aytgan.

Amerikalik siyosatchi Xitoyga qarshi turish uchun barcha 16 Amerika razvedka agentliklarining resurslari qayta taqsimlaganini qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, Pekin yangi super kuchga aylanish uchun «AQSh bilan katta to‘qnashuvga tayyorlanmoqda».

Shuningdek, Pentagon harbiy razvedkasi boshqarmasi boshlig‘i Rober Eshliga ko‘ra, Rossiyaga nopisandlik bilan qarash  kerak emas, chunki u har qanday davlat uchun tahdid bo‘la oladigan yadro arsenaliga ega. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring