Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda mahbus yangi usulda qatl qilinishi mumkin

AQShda mahbus yangi usulda qatl qilinishi mumkin

Alabama Oliy sudi AQShda azot gazidan foydalangan holda birinchi marta qatl qilishga ruxsat berdi. Ushbu ijro usuli uchta shtatda birinchi marta 2018 yilda tasdiqlangan, biroq shu paytgacha qo‘llanilmagan edi.

NBC News telekanali xabariga ko‘ra, 58 yoshli Kennet Yudjin Smit ushbu yangi qatl usuliga duchor bo‘lishi mumkin. U 1988 yilda Alabamadagi voizning xotinini o‘ldirishda ishtirok etganlikda ayblangan. Qotillikka ayolning o‘limidan so‘ng sug‘urta pulini olmoqchi bo‘lgan eri buyurtma bergan.

E’tiborlisi, Yudjin Smitni avvalroq qatl qilishga harakat qilishgandi, ammo tomirga tomchi yuborish uskunasining ishdan chiqishi tufayli hukm ijrosi keyinga surilgandi.

Mahkumning advokatlari qatlning yangi usuliga qarshi. Ularning ta’kidlashicha, bu usul hali sinovdan o‘tmagan va shuning uchun konstitutsiyaga ziddir.

Qatl qilish jinoyatchining og‘zi va burniga respirator qo‘yishni o‘z ichiga oladi, u orqali azot pompalanadi. Natijada, odam hushini yo‘qotib, kislorod etishmasligidan vafot etadi.

Shtat gubernatori Kay Ivey qatl sanasini belgilaydi.

Qo‘shma Shtatlardagi o‘lim jazosi 27 shtatda qonuniy jazo hisoblanadi. Biroq, 8 shtatda unga turli xil moratoriylar kiritilgan.

Hozirgi vaqtda turli shtat qonunlari o‘lim jazosining beshta usulini nazarda tutadi: osish, otish, elektr stul, gaz kamerasi va o‘limga olib keladigan in’yeksiya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring