AQShda koronavirusga chalingan bolalar haqida ma’lumot berildi
AQShda epidemiya boshlangandan beri qariyb 500 mingdan ortiq bola yangi koronavirusga chalindi. Bu haqda Amerika pediatriya akademiyasi (AAP) xabar bergan.
Tashkilot o‘z hisobotida 3-sentyabr holatiga ko‘ra bolalar orasida koronavirus holatlarini o‘rganish natijalarini e’lon qildi. 49 shtat sog‘liqni saqlash boshqarmalari ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar turli yoshdagi bolalar kasalliklari haqida ma’lumotlarni to‘plashgan. Texas shtati ro‘yxatga kiritilmagan.
«COVID-19 bilan kasallangan umumiy bolalar soni: jami 513 415 ta COVID-19 holati qayd etilgan. Bu jami kasallanganlarning 9,8 foizini tashkil etadi», — deyiladi matnda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 100 mingta bolaga 680 ta holat to‘g‘ri keladi. 20-avgustdan 3- sentyabrgacha 70 mingdan ortiq yuqtirish holati aniqlangan.
O‘lim ko‘rsatkichi 42 ta shtat va Nyu-York sog‘liqni saqlash boshqarmalarida qayd etilgan. Koronavirus tufayli vafot etgan odamlar orasida bolalar o‘limi 0% — 0,3%ni tashkil etdi. Jami 103 nafar bemor bola hayotdan ko‘z yumgan.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 6,3 milliondan ortiq COVID-19 holati qayd etilgan bo‘lib, qariyb 190 ming kishi olamdan o‘tdi, 2,3 milliondan ortiq kishi tuzaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter