Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda isyonchilar birinchi prezidentning haykalini ag‘darib tashlashdi

AQShda isyonchilar birinchi prezidentning haykalini ag‘darib tashlashdi

Kollaj

Jorj Vashingtonning Portlend (Oregon shtati)dagi haykali isyonchilar tomonidan ag‘darib tashlandi. Bu haqda «CBS News» xabar berdi.

Amerika birinchi prezidentining qullari bo‘lgan ekan.

Kecha, taxminan soat 10:00 lar atrofida yigirmatacha odam Vashingtonning bronzadan quyilgan ulkan haykali yonida paydo bo‘lgan. Ulardan ayrimlari haykalning boshiga AQSh bayrog‘ini o‘rab yoqib yuborishgan.

Isyonchilar soni ko‘payib, yetarlicha kuch paydo bo‘lganidan so‘ng, ular haykalni yerga ag‘darishgan va voqea joyidan qochib qolishgan.

Jurnalistlar yerga yuztuban ag‘darilgan, har xil yozuvlar qoldirilgan haykalni tasvirga olishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring