AQShda «Florens» qurbonlari soni oshib bormoqda

AQShning Shimoliy va Janubiy Korolina shtatlariga yopirilgan «Florens» dovuli qurbonlari soni 43 kishiga yetdi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.
Shimoliy Korolina meri Roy Kuperning bayonotida aytilishicha, kecha kechki paytki holat bo‘yicha shtatda tabiiy ofatdan halok bo‘lganlar soni 32 kishiga yetgan. Qolgan 11 kishi Janubiy Korolina va Virjinia shtatlari aholisi.
Milliy to‘fon markazi tabiiy ofat tezligi soatiga 56 kilometrgacha pasayishi sababli uni «Tropik depressiya» holatiga tushirdi.
Ofat tufayli Shimoliy va Janubiy hamda Virjinia shtatlaridagi ko‘plab uylarni suv bosgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter