AQShda erkak Kongress yaqinida minalangan avtomobil bilan tahdid qildi
AQSh poytaxti Vashington shahrida, Kongress kutubxonasi joylashgan hududda noma’lum erkak mashinada bomba borligi bilan tahdid qildi.
Natijada politsiya hududdagi aholini ko‘chirmoqda.
Erkak yevropalik tashqi ko‘rinishga ega, yoshi taxminan 45-50 yoshda, ismi Rey Rosberri ekani taxmin qilingan. U avval ham shaharning boshqa qismlarida bomba o‘rnatgani bilan qo‘rqitgan va buni ijtimoiy tarmoq orqali namoyish etgan.
O‘z jonli efirlarida u amaldagi prezident Jo Baydenni qattiq tanqid ostiga olgan.
Hozirda huquqbuzarning akkaunti bloklandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, erkak polsiyaga taslim bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter