AQShda bir oiladan 5 kishi otib tashlandi: ulardan 3 nafari bolalar

AQShning Delaver shtati, Nyu Kastl shahrida bir oilaning besh a’zosi otib tashlandi. Ulardan uch nafari olti yoshgacha bo‘lgan bolalar. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Ayni damda qotillarning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmayapti.
Otib tashlanganlar: Metyu Edvards (42 yosh), uning turmush o‘rtog‘i Juli Edvards (41 yosh) va ularning farzandlari – Iakov (6 yosh), Brinli (4 yosh) va Pekston (3 yosh) bo‘lgan.
Delaver shtati politsiyasi voqea yuzasidan keng qamrovli surishtiruv boshlanganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter