Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda 21 yil oldingi qotilligi uchun jinoyatchi qatl etildi

AQShda 21 yil oldingi qotilligi uchun jinoyatchi qatl etildi

Foto: «Fox 13»

U qariyb yigirma yil muqaddam o‘n yoshli qizni o‘g‘irlab, so‘ng o‘ldirganlikda aybdor deb topildi.

AQShda qariyb yigirma yil muqaddam o‘n yoshli qizni o‘g‘irlab, zo‘rlab, keyin o‘ldirgan odam qatl etildi. Bu haqda «Fox 13» xabar berdi.

Gap 1999-yil 12-oktyabrda Pamela Batler ismli qizning qotilligida aybdor deb topilgan Kit Dueyn Nelson ismli jinoyatchi haqida ketmoqda. U bu yil hisobidan beshinchi, ushbu hafta ikkinchi qatl etilgan federal mahbus hisoblanadi.

28-avgust kuni yuqori turuvchi sud organi hukumatdan qatl uchun ishlatiladigan preparatga retsept talab qiladigan qarorni bekor qilgandan so‘ng Indiana shtati Terre-Xot federal turmasida Nelsonga halokatli in’yeksiya qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring