AQShda 12 kishi basseynda zaharlandi
Amerikaning Texas shtati, Xyuston shahrida basseynda cho‘milgan 12 kishi zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizildi.
ABC News xabariga ko‘ra, jabrlanuvchilar orasida bolalar ham bor.
Shahar qutqaruv xizmati rahbari Semyuel Penyaning so‘zlariga ko‘ra, bunga hovuzning haddan tashqari xlorlangani sabab bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda xlorning sizib chiqishini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter