Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda 11 yoshli xaker 10 daqiqada saytni buzib saylov natijasini o‘zgartirdi

AQShda 11 yoshli xaker 10 daqiqada saytni buzib saylov natijasini o‘zgartirdi

Foto: «TJournal»

Har yili o‘tkaziladigan «DEFCON» xakerlar konferensiyasi ishtirokchisi Florida shtati saytining nusxasini buzib kirib, saylov natijasini o‘zgartirib qo‘ydi, deb xabar bermoqda «TJournal».

Minglab katta yoshli xakerlar qatnashadigan tadbirda ularning 50 nafar 8 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalaridan iborat guruh ham qatnashdi. Ularning oldiga turli shtatlardagi prezidentlik saylovlari natijalarini ko‘rsatuvchi 13 ta sayt nusxasini buzish vazifasi qo‘yildi.

Emmett Bryuer ismli bolakay Florida davlat kotibi saytining nusxasini 10 daqiqada buzdi.

«Aslida bu qo‘rqinchli. Odamlar shunga o‘xshash saytlarni osonlikcha buzishlari va anchagina zarar yetkazishlari mumkin»,- deydi 11 yoshli xaker.

Aytilishicha, bu haqiqiy saytning juda aniq nusxasi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring