AQSh Xitoyning uyg‘urlarga munosabatini «genotsid» deb atadi
The New York Times xabariga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo mamlakat rasmiylari Xitoy hukumatining Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatidagi uyg‘urlarga qarshi harakatlarini «genotsid» deb atagani haqida aytdi.
«Men XXR genotsid amalga oshirmoqda degan xulosaga keldim. Shuningdek bu harakatlarni insoniyatga qarshi jinoyatlar deya hisoblayman»,- degan Pompeo.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining fikriga ko‘ra, 2007-yildan buyon Xitoy Kommunistik partiyasi uyg‘urlarga va boshqa musulmon guruhlariga qarshi muntazam qamoqlar jazolarini qo‘llamoqda, bu ommaviy hibsga olish va majburiy mehnatga jalb etishni ham o‘z ichiga oladi.
Iyun oyi o‘rtalarida Qo‘shma Shtatlar Shinjonda uyg‘urlar va boshqa musulmonlarni kamsitadigan Xitoy amaldorlariga qarshi sanksiyalarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qabul qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter