Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi tashqi savdo har qachongidan yaxshi

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi tashqi savdo har qachongidan yaxshi

Foto: Day.az

2022-yilda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 690,59 mlrd dollar — tarixiy rekord darajasiga yetdi. AQSh iqtisodiy tahlil idorasi (BEA) ma’luotlari shundan dalolat beradi.

AQShning XXRdan importi — 536,75 mlrd dollar, eksporti — 153,84 mlrd dollar.

Tashqi savdo hajmi bo‘yicha, Meksika va Kanadadan so‘ng, Xitoy — AQShning uchinchi yirik sherigi. Umuman olganda, AQSh tashqi savdosining taxminan 13 foizi Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda.

Solishtirish uchun: XXR bojxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Rossiya Xitoyga 114 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilgan, Xitoyning Rossiyaga eksporti qiymati birmuncha kam — 76 mlrd dollar. Ya’ni AQSh-Xitoy tashqi savdosi hajmi Rossiya-Xitoy oldi-berdilaridan 3,63 baravar yirik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring