AQSh Ukrainaga yana 400 million dollarlik qurol yetkazib beradi
AQSh Ukrainaga 400 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Prezident Jo Bayden yordam bo‘yicha qarorni imzolagan.
Bu haqda Pentagon rasmiylari ma’lumot bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi paket uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarni o‘z ichiga oladi. Hammasi bo‘lib Kiyev Amerikaning 12 ta HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimini oladi.
Bundan tashqari, AQSh va hamkorlar Ukrainani qirg‘oq himoyasi tizimlari bilan ta’minlash imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus armiyasi hali Ukrainadagi janglarda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etmagani haqida gapirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter