AQSh sohillarida denozavrlar davridan qolgan baliq topildi
AQShning Nyu-Jersi shtatida ikki metrli baliq sohilga urildi. Bu jonivor dinozavrlar davridan qolgan, 245 million yillik tarixga ega ekani aytilayapti. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
«Trias davri»ga oid g‘aroyib baliqning sohilga urilishi g‘oyat qiziqarli.
Baliqni «Oslend-Bich» davlat parki hududidan Stefani Holl ismli ayol topib olgan.
«Qumda bir jonivorni ko‘rib hayron qoldim. Darhol uni tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladim. Mutaxassislardan bu qanday jonivorligini aniqlash uchun yordam so‘radim», – deydi Stefani Holl.
Mutaxassislar baliqning Atlantik osyotr (baqra) ekanini aniqlashdi. Bu jonivor dinozavrlar davrida yashagan. Bu baliq nasli tugab ketgan degan fikrlar bor edi. Ammo... Bu jonivor 65 yil yashab, besh metrgacha yetadi.
Mutaxassislar baliq haqida ma’lumot to‘plash uchun uni laboratoriyaga olib ketishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter