Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh sobiq prezidentiga uyushtirilgan suiqasd tarixi ma’lum bo‘ldi

AQSh sobiq prezidentiga uyushtirilgan suiqasd tarixi ma’lum bo‘ldi

Reuters AQSh sobiq prezidenti va uning rafiqasiga qilingan suiqasd haqida yozdi.

Ma’lum bo‘lishicha,  Bill va Hillari Klintonga suiqasd 1996 yil 23 noyabrda Amerika prezidentining Manilaga tashrifi chog‘ida sodir bo‘lgan. O‘shanda prezident Bill Klinton yillik Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga kelgandi. 

Prezident lojasi aeroportdan harakatlanayotganda amerikalik razvedka xodimlari portlovchi qurilma topilgani haqida xabar olishdi. U zararsizlantirildi, hech kim jabrlanmagan. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, terakt Osama bin Laden tomonidan uyushtirilgan.

Reuters xabariga ko‘ra, voqea ommaviy axborot vositalarida kam yoritilgan va keyin sobiq prezidentning 2010 va 2019 yillarda nashr etilgan kitobida qisqacha eslatib o‘tilgan.

AQSh hukumati suiqasd bo‘yicha hech qanday tergov olib borgani haqida xabarlar yo‘q. Reuters AQSh razvedka idoralari voqea yuzasidan maxfiy tekshiruvlar olib borganini aniqlay olmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring