Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi, cheklovlar o‘nlab jismoniy va yuridik shaxslarga ta’sir ko‘rsatdi.

Cheklovlar Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina, bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak, shuningdek, Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Bosh vazir Mixail Mishustin va RF Milliy gvardiyasi boshlig‘i Viktor Zolotovlarning o‘zlari hamda oila a’zolari ga taalluqlidir.

Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga qator yuridik shaxslar ham kiritilgan. Jumladan, «Elektron urush ilmiy-texnika markazi» AJ, «Modul» YoAJ, «Novostream» MChJ, «Radiavionika» MChJ, «Svetlogorskximvolokno» OAJ va boshqa korxonalar hamda tegishli shaxslar sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken jami 910 kishi AQSh vizasi bo‘yicha yangi cheklovlarga duchor bo‘lganini ma’lum qilgan. Bular qatoriga, jumladan, Rossiya va Belarus qurolli kuchlari tarkibidagi ayrim shaxslar ham kiritilgan.

«Shuningdek, sanksiyalar paketi Davlat Dumasining 109 deputati va Rossiya Federatsiya Kengashining 169 a’zosiga tegishli», – dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring