Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh qochqinlarni qabul qilish kvotasini keskin ko‘paytiradi

AQSh qochqinlarni qabul qilish kvotasini keskin ko‘paytiradi

AQSh prezidenti Jo Bayden Davlat departamentida so‘zlagan nutqida ta’qidlashicha, mamlakatning yangi ma’muriyati qochqinlarni qabul qilish kvotasini ko‘paytiradi. Bu yil ular sonini 125 ming kishiga yetkazmoqchi.

Uning ta’kidlashicha, o‘tgan davr mobaynida yetkazilgan zararni qoplash ancha qiyin bo‘ladi. «Ushbu farmon mamlakatda 1-oktyabrdan boshlanadigan birinchi to‘liq moliyaviy yil uchun qochqinlarni qabul qilish kvotasini oshiradi. Hujjat bugun imzolanadi», - deya Amerika rahbarining so‘zlarini keltiradi TASS.

Avvalroq davlatning yangi rahbari o‘zidan avvalgi rahbar tomonidan kiritilgan migratsiya oqimiga to‘siqlarni qayta ko‘rib chiqa boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Sobiq prezident Donald Tramp davrida Qo‘shma Shtatlar 2021-yilga qadar 15 ming kishilik chegarani belgilab, qochqinlarni qabul qilishni deyarli to‘xtatdi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasi tufayli amalda qochqinlar deyarli qabul qilinmadi.

Jen Psaki yangi qabul qilingan qonunga qaramasdan imkon boricha hozirgi og‘ir davrda chegaralarni kesib o‘tishdan vaqtincha to‘xtab turishni ta’kidlab o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring