AQSh Putinni tabriklamaydi
AQSh ma’muriyati Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklashni rejalashtirmayapti.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, shunga qaramay Putin «Rossiya prezidenti bo‘lib qoladi».
«O‘ylaymanki, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tabrik qo‘ng‘iroqlari bo‘lmaydi, deb ishonch bilan aytish mumkin», deb ta’kidladi rasmiy.
G‘arb davlatlari, jumladan Germaniya va Fransiya saylovlarni erkin bo‘lmagan deya topdi, shuningdek, ular anneksiya qilingan hududlardagi saylovlarni qoraladilar.
Eslatib o‘tamiz, yakun natijalarga ko‘ra, Putin 87,2 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter