Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh kongressmenlari 11 ta haykalga qarshi urush e’lon qildi

AQSh kongressmenlari 11 ta haykalga qarshi urush e’lon qildi

Foto: «abcnews.go.com»

AQSh Kongressi vakillar palatasining Demokratik partiya a’zolari spiker Nensi Pelosi boshchiligida Kapitoliy binosiga o‘rnatilgan quldor-konfederatlarning haykallariga qarshi kurash boshladilar. Ular haykallarni olib tashlashni talab qilmoqda, deya xabar berdi «ABC News».

Ta’kidlanishicha, Pelosi mazkur ishga mas’ul Birlashgan kutubxona qo‘mitasiga maktub yo‘llagan. Uning fikriga ko‘ra, Kapitoliy binosida Amerika konfederativ shtatlari vakillarini madh etadigan joy bo‘lmasligi kerak. Gap 11 ta haykal haqida bormoqda — qoidaga binoan, har bir shtat ikkitadan haykal yuboradi. Ma’lumki, demokratlar ularni muzeyga joylash yoki qaytarib yuborish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishni allaqachon boshlab yuborishgan.

Milliy haykallar zali (National Statuary Hall) — bir paytlar vakillar palatasi yig‘ilish o‘tkazadigan joy bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab u yerda eng mashhur amerikaliklarning haykallari namoyish etiladigan bo‘ldi.

1861 — 1865-yillarda hozirgi AQSh hududida Janubiy shtatlar Konfederatsiyasi mavjud bo‘lgan. 1861-yildan 1865-yilgacha davom etgan mamlakatdagi fuqarolar urushi davrida Shimol vakillari va quldorlikka asoslangan Janub konfederatlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan. Janubliklar urushda mag‘lub bo‘lgach, quldorlik va majburiy mehnatdan voz kechilgan. Shunga qaramay, janubiy shtatlarda konfederatlarning ayrim ramzlari saqlanib qolgan. Ba’zi amerikaliklar buni irqchilikning bir ko‘rinishi sifatida baholaydi. Biroq ramz va nomlarni saqlab qolish tarafdorlari bu AQSh tarixining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring