AQSh Iroqqa qarshi sanksiyalar ishlab chiqishga kirishdi, ammo...
Iroq parlamenti mamlakat hududidan chet el qo‘shinlarini olib chiqish to‘g‘risidagi renzolyusiyani qabul qilganidan so‘ng, AQSh bu mamlakatga qarshi sanksiyalar ishlab chiqishni boshladi, deb yozmoqda «Lenta.ru».
«The Washington Post» manbasi xabariga ko‘ra, xususan, AQSh biznes vakillariga Iroq ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik qilish taqiqlanishi mumkin. Donald Tramp bir kun ilgari bergan bayonotida Vashingtonga qarshi dushmanning ishini qilsa, Bag‘dod ko‘z ochib quloq eshitmagan iqtisodiy sanksiyalar ostida qolib ketadi deya tahdid qilgandi.
«AQSh o‘zi 20 yil qo‘llab kelgan va yuzlab milliard dollar sarflagan ittifoqchisiga qarshi bu yo‘lni tutsa g‘alati bo‘ladi», — deb yozadi nashr.
Hozircha amerikaliklar arqonni sal uzunroq tashlab turishmoqchi: qani iroqliklar nima qilisharkin? Chunki, nashr manbasiga ko‘ra, sanksiyalar qo‘llashdan AQShning o‘ziga ham katta ziyon yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter