AQSh harbiy kemasi lazer qurolini sinab ko‘rdi
AQShning «USS Portland» harbiy kemasi Adan ko‘rfazida lazer to‘pi prototipini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Qo‘shma Shtatlar 5-floti bergan xabarga ko‘ra, lazer nuri kema yaqinida suzib yurgan shartli nishonni kuydirib yuborgan.
«USS Portland» lazer qurolini ilgari Tinch okeanida sinab ko‘rgandi: 2020-yilning may oyida bu qurol uchuvchisiz boshqariladigan kichik qurilmani urib tushirgandi.
Ma’lumot uchun: «USS Portland» — suv sig‘imi 25 ming tonnalik desant kemasi. Bortiga bir paytning o‘zida havo yostig‘iga ega ikkita kater, 14 ta jangovar amfibiya-mashina va 600 dan ziyod dengiz piyodalarini sig‘dira oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter