AQSh Yevropaga yangilangan yadro bombalarini joylashtirishga qaror qildi
Qo‘shma Shtatlar Yevropaga yangilangan B61-12 taktik bombalarini NATOning qit’adagi bazalariga dekabr oyining boshigacha yetkazib berishga qaror qildi. Bu haqda Politico gazetasi ma’lum qildi.
Nashrning yozishicha, NATOning Bryusseldagi yopiq yig‘ilishida AQSh rasmiylari bombalar rejalashtirilgan vaqtdan erta yetib borishini aytgan. Dastlabki rejaga ko‘ra, ular Yevropada 2023 yilning bahorida joylashtirilishi kerak edi.
Nashrning ta’kidlashicha, Vashington Yevropa omborlarida mavjud bo‘lgan eski qurollarni potensial foydalanish uchun almashtirishi G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi fonida amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter