Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«AQSh Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi» – Pentagon rahbari.

«AQSh Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi» – Pentagon rahbari.

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvdan so‘ng AQSh Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

«Biz diplomatiya Eronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olishni eng yaxshi yo‘li ekanligiga ishonishda davom etamiz. AQSh prezidenti Jo Bayden bir necha bor aniq ta’kidlaganidek, Vashington Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi», - deydi Pentagon rahbari.

Shu bilan birga, bir qator ommaviy axborot vositalari avvalroq Ostin Isroilning Eronga qarshi kutilayotgan harbiy operatsiyasi va uni AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlayotgani haqida aytgan, biroq bu ishonchsiz ma’lumot bo‘lib chiqqani ma’lum qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring