Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aql tish nima uchun kerak?

Aql tish nima uchun kerak?

Aql tishlari jag‘ning eng orqa qismidan chiqadi. Odatda aql tishlar 17 yoshdan 25 yoshgacha oraliqda paydo bo‘ladi. Biroq, hammada ham to‘rtta aql tishi chiqmasligi mumkin.

Ko‘pchilik aynan shu aql tishlardan aziyat chekishadi  va hatto qanchalik azobli bo‘lmasin oldirib qutulishadi. Shunday ekan, ya’ni aql tishlar juda ko‘p noqulaylik tug‘dirarkan ular bizga nimaga kerak? Ya’ni uning vazifasi nima?

Bir necha million yil avval inson ajdodlarining tishlari va jag‘lari zamonaviy odamlarga qaraganda kattaroq bo‘lgan.   

Olimlarning fikricha, o‘sha paytlari inson iste’mol qiladigan oziq-ovqat tufayli kuchli tish va jag‘larga muhtoj edi. Bu o‘simliklar, xom go‘sht, qattiq sabzavotlar. Ya’ni aql tish o‘sha payt odamlari uchun juda muhim bo‘lgan. Hozir odamlarning taomlari avvalgidan ancha yumshoqroq. Shuning uchun zamonaviy odamlarning jag‘lari kichikroq va yuzi tekisroq.

Bugungi kunda odamlarning taxminan 25 foizida kamida bitta aql tishi yo‘q. Ya’ni, umuman shakllanmagan. Ba’zan, bo‘sh joy yetishmasligi tufayli, aql  tishlari jag‘ suyagi ichiga yopishib qolishi mumkin. Natijada, ular faqat qisman kesiladi. Bunday holda, odamlar og‘riq, tish va ildizlarining yorilishi, milkning yallig‘lanishidan azob chekishi mumkin, shuning uchun bunday tishlar oxir-oqibat olib tashlanadi.

Odamlardan tashqari, maymunlar, gorillalar va shimpanzelarning ham aql tishlari bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring