Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple»ning choraklik daromadi 64 milliard dollarga yetdi. Bu rekord ko‘rsatkichdir

«Apple»ning choraklik daromadi 64 milliard dollarga yetdi. Bu rekord ko‘rsatkichdir

Foto: «Hronika.info»

28-sentyabrda AQShDa yakunlangan moliyaviy yilning to‘rtinchi choragida «Apple» kompaniyasining daromadi 64 milliard dollarni tashkil etdi. Bu uning uchun rekord natija hisoblanadi. Bu haqda 30-oktyabrda e’lon qilingan kompaniya hisobotida e’lon qilingan. Bu haqda «Rambler» xabar berdi.

Kompaniyaning xizmat va tovarlar savdosidan tushgan daromad 2 foizni tashkil etdi.

Kompaniya rahbari Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, to‘rtinchi chorakdagi rekord natija kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar segmentining o‘sishi, olib yuriladigan elektronika va «iPad» sotilishi bilan bog‘liq. Umuman, «Apple» tomonidan taqdim etilgan xizmatlarning ulushi ham kompaniya uchun rekord 12,5 millard dollarga yetdi.

«Apple» aksiodorlariga to‘rtinchi chorak uchun 21 milliard dollar miqdorida dividend hisoblandi.

2020-yilning birinchi moliyaviy choragida «Apple» daromadini 85,5 − 89,5 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Apple»ning bozor qiymati 2018-yilda 1 trillion dollardan oshib ketgandi. Ayni vaqtda u taxminan 960 milliard dollarga baholanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring