Anvar Qoraqosh: «Rozi bo‘lishmasa, urush ochamiz»
Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri Yamanning Hudayda portida yana harbiy operatsiyalar olib borishini ma’lum qildi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.
BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Qoraqosh BMTning Yaman bo‘yicha maxsus vakili Martin Grifftisning «Ansorulloh» harakati a’zolarini Hudayda mavzusida ko‘ndira olmasa, bu shaharda yana harbiy operatsiyalar amalga oshirilishini aytdi.
BMTning Yaman bo‘yicha maxsus vakili o‘tgan hafta Hudayda shahrini to‘qnashuvlardan asrash maqsadida siyosiy yechim rejasini taqdim etgan edi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi kaolitsion kuchlar bir muddat avval Hudaydada harbiy operatsiyalarni to‘xtatgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter